Jamiyat | 14:54 / 16.12.2016
9811
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyadagi uylardan birining hovlisida amerika yovvoyi mushugi bug‘uni o‘ldirdi

AQShning San-Frantsisko (Kaliforniya shtati) shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroning uyida o‘rnatilgan kuzatuv kameralari o‘ldirilgan bug‘uni sudragan pumani tasvirga tushirdi. YouTube-kanallardan birida taqdim etilgan ushbu rolik bir kecha-kunduz davomida 16 ming marotaba tomosha qilindi.

Videoga qoldirilgan izohda ta'kidlanishicha, bug‘u Piter Raunbyulerning uyi eshigi yonida o‘ldirilgan. Ma'lum bo‘lishicha, o‘txo‘r jonivor hududdagi atirgul yaproqlariga yaqin kelganida unga yirtqich hujum qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid