Jahon | 08:18 / 16.12.2016
5584
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: AQSh Filippinga moliyaviy yordam ko‘rsatishdan voz kechadi

AQSh hukumati Filippinga bu mamlakat prezidenti Rodrigo Duterte siyosatidan xavotiri sababli moliyaviy yordamni uzaytirmaydi, deb yozmoqda Independent nashri.

AQShning Filippindagi elchixonasi vakillari "mamlakatda fuqarolik erkinliklari buzilishi bo‘yicha katta xavotir mavjudligi" va moliyaviy yordam keyingi 5 yilga bekor qilinishini tasdiqlashdi.

430 mln dollardan ko‘proq bo‘lgan bu grant "adolatli va demokratik boshqaruvga sodiqlikni namoyish qiluvchi va mablag‘larni o‘z xalqi turmush tarzini yaxshilashga yo‘naltiruvchi" davlatlarga taqdim qilinadi. Mablag‘lar nochor hududlardagi turmush tarzini yaxshilashga sarflanadi.

"Biz Filippindagi voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz", deb aytganlar AQSh vakillari.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid