Jahon | 09:47 / 16.12.2016
5119
2 daqiqa o‘qiladi

Putinning Yaponiyaga tashrifi davomida 2,5 milliard dollarlik kelishuvlar imzolanadi

Foto: AP

Yaponiya va Rossiya Federatsiyasi prezident Vladimir Putinning tashrifi davomida deyarli 60 ta kelishuvga imzo chekadi. Ularga ko‘ra, yapon tomonidan investitsiyalar hajmi 300 milliard iyen (2,54 milliard dollar)ni tashkil qiladi. Bu haqda NHK telekanali hukumatdagi manbalarga asosan xabar bergan.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, imzo qo‘yishga tayyorlab qo‘yilgan hujjatlarda yapon investitsiyalarini Sibir sharqiy qismidagi ko‘mir konlariga jalb etish, shuningdek, Arktikadagi suyultirilgan tabiiy gaz ishlab chiqishga kredit ajratish nazarda tutilgan. Bundan tashqari, 10 dan ortiq hukumatlararo bitim imzolanishi kutilmoqda. 

Moskva va Tokio o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik Sindzo Abe tomonidan Putinga Sochi shahrida 6 may kuni taklif etilgan sakkiz banddan iborat reja asosida rivojlanmoqda. U o‘z ichiga ikki mamlakatning energetika, kichik va o‘rta biznes, Uzoq Sharqni sanoatlashtirish, eksport bazasini kengaytirish kabi masalalarni qamrab olgan. 

Tokio Abe tomonidan taklif etilgan iqtisodiy hamkorlik rejasini amalga oshirish tinchlik bitimi borasidagi muzokaralar jarayonini yengillashtirishiga umid qilmoqda.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid