Jahon | 20:47 / 16.12.2016
5734
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston prezidenti Hindistonga davlat tashrifini boshladi

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Shri-Lankaga ko‘p kunlik tashrifini yakunlab, 16 dekabrning 2-yarmida Hindistonga davlat tashrifi bilan yetib keldi. Bu haqda Tojikiston prezidentining matbuot xizmati ma'lum qildi.  

Nyu-Dehli aeroportida yuqori martabali mehmonni Hindiston oliy rahbariyatining vakillari kutib oldilar.  

Rahmonning Hindistonga tashrifi doirasida oliy darajadagi uchrashuvlar o‘tkaziladi. Muzokaralar yakunlariga ko‘ra hamkorlik haqida bir qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid