16:32 / 16.12.2016
6962

Video: «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yinda hakam «MYu»ning yana bir futbolchisini kechirdi

APLning 16-turi doirasida kechgan «Kristal Pelas» – «Manchester Yunayted» (1:2) uchrashuvi hakami Kreyg Pouson manchesterliklar himoyachisi Markos Rohoning ikki oyog‘ini juftlab, mezbonlar futbolchisi Zahaning oyog‘iga tashlanganiga jiddiy e'tibor qaratmadi. U bu "ikkita sariq kartochka" ko‘rsatish mumkin bo‘lgan vaziyatda birgina ogohlantirish bilan kifoyalangan.

O‘yindan keyin BBC eksperti  Alan Shirer bu vaziyat yuzasidan fikrlarini bildirib o‘tgan.

«Umid qilamanki, Kreyg Pouson va uning yordamchilari bizning dasturimizni ko‘rishmaydi. Ular o‘sha kuni juda dahshatli xatolarga yo‘l qo‘yishdi. Hakam o‘yindagi asosiy 4-5 vaziyatda muhim qarorlarni qabul qilishi kerak bo‘ladi, ular esa bu vaziyatlarning barchasida xato qilishdi.

Birinchidan birinchi gol vaziyatida Ibrahimovich qo‘l bilan o‘ynadi, Pogba esa ofsaydda edi. «Kristal Pelas» himoyachilari ham bu vaziyatda qo‘pol xatolar qilishdi, ammo gol hisoblanmasligi kerak edi.

Roho Uilfrid Zahaga tashlanganida unga qizil kartochka ko‘rsatish kerak edi. Biz uni «Everton» bilan o‘yinda ham uning shunday harakatini ko‘rgandik.

Bunday o‘ynamaslik kerak, Rohoga kim bunday o‘ynatgan, bilmadim. Agar unga qizil kartochka ko‘rsatilganda, o‘yin butunlay boshqacha tus olar edi.

Keyin Ledli o‘z jarima maydonida qo‘l bilan o‘ynadi. Hakam buni qanday qilib ko‘rmasligi mumkin. «MYu» futbolchilarining barchasi hakam tomon yopirildi – bu vaziyatda penalti bor edi.

Keyin Mata Roho tashlab bergan goli hisobga olindi, u bu o‘rinda ofsaydda emasdi», degan Shirer Match of the Day dasturi efirida.

Bundan oldinroq, ushbu uchrashuv vaqtida Zlatan Ibrahimovich raqib futbolchining yuziga tirsagi bilan urgani hakam e'tiboridan chetda qolgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top