Jahon | 17:34 / 16.12.2016
22120
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada favqulodda holat e'lon qilinishiga nima sabab bo‘ldi?

Janubiy Koreya respublikasi hukumati 16 dekabr kuni favqulodda holatning yuqori darajasini e'lon qildi. Bunga mamlakatdagi parrandachilik fermalarida parranda grippining tez sur'atlarda tarqalayotgani sabab bo‘lgan.

Hukumatning sa'y-harakatlariga qaramay, ular parranda grippi tarqalishiga barham bera olmayapti. U mamlakatning turli tumanlariga kirib bormoqda. Shu munosabat bilan, respublika hukumati fuqarolarga murojaat qilib, epidemiyaga qarshi kurashishda ko‘mak berishni so‘ragan va infeksiyani jilovlash bo‘yicha yangi choralarni e'lon qilgan. 

Koreya qishloq xo‘jaligi va chorvachilik vaziri Kim Chje Su maxsus murojaat bilan chiqish qilgan. Uning qayd etishicha, mamlakat markaziy va janubiy tumanlarining ikki hududida 17 noyabrda aniqlangan infeksiya, keyinchalik, boshqa tumanlarda ham aniqlangan. 

"Bu safar bizga H5N6 namunasi xuruj qilmoqda. U 2008 yili Koreyada paydo bo‘lgan H5N8 namunasidan xavfliroqdir. Shu bois biz uning tez sur'atlarda tarqalishini taxmin qilayapmiz", - deb ogohlantirgan Kim. Uning aytishicha, garchi mamlakatda bir oyda 16 mln parranda yo‘qotilgan bo‘lsa-da, epidemiya tarqalishi davom etishi, yetkazilgan zarar miqdori ortishi mumkin. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid