Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibi: biz suriyaliklarning umidini oqlay olmadik
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun BMT Xavfsizlik kengashi suriyaliklar bildirgan umidni oqlay olmaganini aytdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
"Halab endilikda "jahannam" deganidir", deb aytdi Pan Gi Mun va BMT suriyaliklarning umidini oqlay olmaganini qo‘shimcha qildi.
BMT bosh kotibi xalqaro tashkilot tomonidan Suriyadagi vaziyatni hal qilish ustida eng tajribali mutaxassislar ishlaganini ta'kidlab o‘tdi.
"Biroq bu yerda masala kim muzokaralar olib borayotganida emas, balki birdamlik, hamdardlikning yo‘qligidadir. Odamlar juda tor shaxsiy yoki milliy manfaatlarni ko‘zladilar, bu esa yuz minglab odamlarning o‘limiga olib keldi", deb aytdi Pan Gi Mun hamda "suriyaliklar birdamlik namoyon qilishlari kerakligini, biroq afsuski, ular umuman tarqoqliklarini, mintaqaviy davlatlar ham Suriya hukumatini, ham qurollangan guruhlarni qo‘llab-quvvatlaganlarini, BMT Xavfsizlik kengashida yagona pozitsiya bo‘lmaganini" ta'kidlab o‘tdi.
BMT bosh kotibining fikricha, BMT a'zolari fikrlarining bunday tarqoqligi terrorchilarga shaharda o‘rnashib olishga imkon bergan.
Mavzuga oid
08:45
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026
Ukraina BMT Xavfsizlik kengashini favqulodda yig‘ilishga chaqirdi
12:20 / 04.06.2026