Jahon | 08:20 / 17.12.2016
7431
2 daqiqa o‘qiladi

Hisobot: 2016 yilda rekord darajada muhojirlar halok bo‘lgan

Foto: Reuters

Qochqinlar masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilot 2016 yilning o‘tgan davrini sarhisob qildi. Unga ko‘ra, joriy yil muhojirlar uchun eng ayanchli va halokatli bo‘lgan. 2016 yilda dunyo bo‘ylab 7 mingdan ortiq inson hayotdan ko‘z yumgan, deyiladi tashkilot hisobotida. 

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda turli holatlar bo‘yicha ko‘chishga, vatanini tark etishga majbur bo‘lgan 7 ming 189 kishi halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan. Bunda ularning yarmidan ortig‘i — 4 ming 812 kishi — O‘rta yer dengizida hayotdan ko‘z yumgan yoki bedarak yo‘qolgan. Tadqiqotchilar yil yakunigacha o‘lim holatlari yana ortishi mumkinligini inkor etishmayapti.

Umuman, Yevropa mamlakatlariga O‘rta yer dengizi orqali 357 ming 249 kishi kirib kelgan. Muhojirlarni qabul qilish bo‘yicha Gretsiya yetakchi bo‘lgan. Bu mamlakatda 170 mingdan ortiq muhojir boshpana topgan. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid