Jahon | 07:56 / 17.12.2016
7182
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Rossiya va Eronni Halabdagi inqirozda aybladi

Foto: AP

AQSh prezidenti Barak Obama Suriya hukumati, Rossiya va Eronni Halabdagi «qon» uchun javobgar deb atadi. U o‘zi ishtirokidagi matbuot anjumanida shunday bayonot bergan, deb xabar qilmoqda Associated Press agentligi.

Uning fikricha, bu mamlakatlar Halabdagi «begunoh insonlarni qamal qilib, qurshab olib, ochlikka giriftor qilmoqda» hamda shifokorlar va ijtimoiy tarmoq ishchilariga faoliyat yuritishlariga imkon bermayapti. Amerika rahbarining so‘zlariga ko‘ra, shaharning ko‘plab tumanlari, aynan Rossiya, Suriya va Eron aybi tufayli vayronaga aylangan. 

U, shuningdek, tinch aholi vakillari tajovuzga uchrayotganini ta'kidlagan. Amerika yetakchisining aytishicha, Suriyadagi fuqarolik urushi, uning prezidentlik davrida duch kelgan eng jiddiy muammolardan biri bo‘lgan. 

Shu bilan birga, Obama AQSh va Rossiya munosabatlarining yomonlashganidan afsus bildirdi. 


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid