Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp yangi tashqi siyosat olib borishga va'da berdi
AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning va'da berishicha, uning ma'muriyati ish boshlaganidan keyin, AQSh tashqi siyosati yangicha yo‘nalish kasb etadi.
"Bizning tashqi siyosat yangi yo‘nalishga muhtojlik sezayapti", — degan Tramp, Florida shtatining Orlando shahriga uyushtirgan safari chog‘ida. Tramp "boshqa davlatlarni qayta qurish o‘rniga, o‘z mamlakatimizni qayta quramiz", degan fikrini yana bir marotaba takrorlagan.
"Biz bir mamlakatdan ikkinchisiga uzoq vaqt mobaynida mas'uliyatsizlarcha bostirib kirdik. Sizlarning aksariyatingiz, o‘sha davlat haqida avval eshitmagansiz ham. Bu axmoqlik tugaydi! Tramp ma'muriyati, birinchi galda, AQSh manfaatlari xususida qayg‘uradi", — deb ta'kidlagan Tramp.
8 noyabrdagi prezidentlik saylovida g‘alaba qozongan Donald Tramp kelasi yil 20 yanvarida lavozimini bajarishga kirishadi.
Mavzuga oid
18:31
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
13:13
Ho‘rmuz yaqinida AQSh armiyasining «Apache» vertolyoti qulab tushdi
10:25