Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Ozarboyjon va Gruziyadagi biznes rejalarini bekor qildi
AQShning saylangan prezidenti, milliarder tadbirkor va The Trump Organization bosh direktori Donald Tramp Ozarboyjonda mehmonxona qurish bitimini bekor qildi. U Gruziyadagi loyihasiga nisbatan ham shunday qaror qabul qilishni rejalashtirayapti, deb xabar qilmoqda Associated Press.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp kompaniyasining bunday qarori, bosh direktorning yaqinda prezident lavozimiga kirishishi bilan bog‘liq. Milliarderning ikkala xorijiy loyihasi ham siyosatchilar bilan bog‘liq, shu bois, ular prezident Tramp obro‘siga putur yetkazishi mumkin.
Shu haftada, The Trump Organization, shuningdek, Braziliyadagi mehmonxona qurish loyihasini ham bekor qilgan edi. Noyabr oyi boshlarida, Tramp AQSh prezidentligiga saylanmasdan oldinroq, Braziliyada uning kompaniyasi bilan bog‘liq mehmonxona yuzasidan tergov ishlari boshlangan edi.
Bundan avvalroq, Tramp Saudiya Arabistoni bilan bog‘liq kompaniyalarining faoliyatini ham to‘xtatgandi.
Mavzuga oid
18:31
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
13:13
Ho‘rmuz yaqinida AQSh armiyasining «Apache» vertolyoti qulab tushdi
10:25