Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda 9 kishining qotili psixiatrik ekspertizadan o‘tishni rad etdi
AQShdagi cherkovda ommaviy qotillik sodir etishda aybdor, deb topilgan Dilan Ruf unga o‘lim jazosi hukmi chiqarilishi vaqtida ruhiy holati hisobga olinishini istamayapti, deb xabar bermoqda Assoshieyted Press axborot agentligi.
2015 yil iyunida 22 yoshli, oq tanli Ruf Janubiy Karolina shtatidagi Charlston shahridagi cherkovda 9 nafar afroamerikalikni otib tashlagan. Unga irqiy adovat negizida va boshqa bir qator jinoyatlarni sodir etish aybi qo‘yilgan. Ruf uning hayoti saqlanib qolishi evaziga o‘z aybini tan olishni taklif qilgan, biroq prokuratura bunday kelishuvga bormagan. AQSh adliya vazirligi qotil uchun o‘lim jazosi berilishiga erishmoqchi. Ruf 33 ta jinoiy epizod bo‘yicha ayblanmoqda.
15 dekabrda qotil ustidan sud jarayonining 1-bosqichi yakunlandi, unda jinoyatchining aybdorligi yoki aybsizligi bo‘yicha qaror qabul qilingan. Yanvarda esa sud hukmini chiqaruvchilarning shu tarkibida sudning 2-bosqichi boshlanishi kutilmoqda, unda jinoyatchiga nisbatan jazo hukmi chiqariladi, prokuratura Rufga o‘lim jazosi berilishini, himoya esa umrbod qamoq jazosi berilishini talab qilmoqda.
"Men ruhiy sog‘lomligim yoki ruhiy holatim haqida xulosa taqdim qilish yuzasidan mutaxassislarga murojaat qilmayman", degan jinoyatchi.
Mavzuga oid
10:25
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
10:10
Jahon chempionati hakami AQShga kiritilmadi
09:45
Sud Trampning viza siyosatiga qarshi qaror chiqardi
09:13