Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada samolyot qulab tushdi
Indoneziya Harbiy-havo kuchlariga tegishli transport samolyoti Papua viloyatida harbiy manyovr amalga oshirish chog‘ida qulab tushdi va bortda bo‘lgan 13 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Reuters xabar bergan.
Mamlakat qidiruv-qutqaruv xizmati rahbari ma'lumotiga ko‘ra, Timika shahridan uchgan S-130 Hercules samolyoti Vamen shahri yaqinidagi tog‘larga borib urilgan. Qurbon bo‘lganlarning jasadlari Vamenga yetkazilgan.
Assoshieyted Press agentligi xabarida qayd etilishicha, halokat sababi noqulay ob-havo sharoiti bo‘lishi mumkin. Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, samolyot Vamen shahriga oziq-ovqat zaxiralari eltayotgandi.
Mavzuga oid
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026
AQSh Eron bilan urush davomida yettita samolyotini yo‘qotdi – OAV
13:56 / 23.03.2026