Jahon | 21:38 / 18.12.2016
2781
1 daqiqa o‘qiladi

Iordaniyada otishma oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Foto: AP

Iordaniyaning g‘arbidagi Al-Karak shahrida 5 kishi, jumladan bir sayyoh noma'lum qurollangan odamlar hujumi qurboniga aylandilar, deb ma'lum qildi mahalliy xavfsizlik kuchlaridagi manba Sputnik axborot agentligiga. 

Ma'lum qilinishicha, hujumni terrorchilik yacheykasi amalga oshirgan bo‘lishi mumkin.  

Manbaning aytishicha, politsiya bo‘limi va sayyohlar avtobusi hujumga uchragan. Otishma vaqtida yana 9 kishi yaralangan.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, voqea hududiga aksilterrorchilik kuchlaridan yordam kelgan. Ular bosqinchilar berkinib olgan, o‘rta asrlarga tegishli qadimiy saroyni shturm qilishga tayyorlanishmoqda.

Ma'lum qilinishicha, halok bo‘lgan sayyoh kanadalik ayol bo‘lgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid