Jahon | 23:27 / 18.12.2016
3515
1 daqiqa o‘qiladi

Iordaniyada jangarilar qadimiy qal'ada odamlarni garovga oldi

Foto: Reuters

Iordaniyalik jangarilar mamlakat g‘arbidagi Al-Karak shahrida bir necha kishini garovga olib, ularni salb yuruvchilar tomonidan 12-asrda qurilgan qadimiy qal'ada ushlab turibdi, deb ma'lum qildi Iordaniya hukumati matbuot kotibi Muhammad al-Mo‘maniyga iqtibos keltirgan holda Al Arabiya nashri. 

Uning aytishicha, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qal'ada 5 nafar qurollangan jangari yashirinib olgan. Shu jangarilar 18 dekabrda ertalab mahalliy politsiya bo‘limi va politsiya patruli mashinasiga hujum qilgan.

Avvalroq bu jinoiy guruhning hujumi oqibatida Iordaniya xavfsizlik xizmatining 4 nafar xodimi va kanadalik sayyoh ayol halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. Bundan tashqari, 9 nafar odam turli og‘irlikdagi jarohatlar olgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid