Jahon | 08:03 / 18.12.2016
4312
2 daqiqa o‘qiladi

Nursulton Nazarboyev Ostonada Suriya bo‘yicha uchrashuv o‘tkazish ehtimolini muhokama qildi

Foto: forums.vbios.com

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev telefon orqali muloqotda Rossiya va Turkiya prezidenti Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan Ostonada Suriyada ixtilofda bo‘lgan tomonlarning muzokaralarini o‘tkazish ehtimolini muhokama qildi va bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi, deb ma'lum qilindi Qozog‘iston rahbari saytida.   

Avvalroq Putin Erdo‘g‘an bilan Suriyadagi qarama-qarshi tomonlarga Ostonada, yangi maydonda tinchlik muzokaralari jarayonini davom ettirishni taklif qilishga kelishib olgandi. Putinning aytishicha, yangi maydon Jyeneva muzokaralarini to‘ldirishi mumkin.

Nazarboyev Qozog‘iston avvalboshdan Suriya ixtilofini tinchlik bilan hal qilishga qaratilgan xalqaro sa'y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaganini ta'kidlab o‘tdi. 

Nazarboyev va Putin, shuningdek, Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishi va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti sammitini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini ham muhokama qilishdi. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid