Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning "Holiday" kompaniyalar guruhi O‘zbekistondan 150 tonna meva va sabzavot import qilmoqchi
Rossiyaning "Holiday" kompaniyalar guruhiga kiruvchi "Port" importchi-kompaniyasi O‘zbekistonning "O‘zagroeksport" aksionerlik jamiyati (AJ) bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida "O‘zagroeksport" AJning rasmiy saytida xabar berildi.
Meva va sabzavotlarning 1 million dollarga baholanuvchi birinchi partiyasi joriy yilning dekabr oyi oxirida yetkazib beriladi va rossiyaliklarning yangi yil dasturxonini bezaydi.
"Holiday" kompaniyasi Sibirdagi eng yirik riteyler hisoblanadi.
"Holiday" kompaniyalar guruhi Sibir Federal okrugining yetti mintaqasida joylashgan. Bu yerlarda gipermarket, supermarket, superstor, uy oldidagi do‘konlar, disskaunter kabi turli formatdagi 484 do‘kon xizmat ko‘rsatadi.
Mazkur do‘konlarga har kuni 700 mingdan ortiq xaridor tashrif buyuradi. Uraldagi eng yirik meva-sabzavot tarqatuvchi markaz ham kompaniya tarkibiga kiradi.
2017 yilda kompaniyalar guruhi O‘zbekistondan 150 tonna meva va sabzavot import qilishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
12:12
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
08:45
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026