Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Varshavadagi norozilik aksiyasi parlament binosi tomon ko‘chdi
Polsha poytaxti Varshavada mamlakat konstitutsion sudi binosi yonida boshlangan norozilik aksiyasi ishtirokchilari Polsha parlamenti binosi tomon ko‘chdilar. Bu yerda deyarli ikki kundan beri muxolifat tarafdorlari kichik guruhi norozilik bildirmoqda, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi muxbiri.
Konstitutsion sud binosi yonidagi norozilik aksiyasi sud rahbari Anjyey Jyeplinskiy vakolatlari muddati tugashi arafasida o‘tkazildi. Jyeplinskiy mamlakat rahbariyati va sud islohotlarini bir necha marotaba tanqid qilib chiqqan. Mamlakatning hukmron partiyasi "Huquq va adolat" tomonidan konstitutsion sud haqidagi qonunga tayyorlangan tuzatishlar mamlakatda konstitutsion inqirozni keltirib chiqargandi. Bunga Yevropa Ittifoqida e'tibor qaratilgan va u Varshavaning YeI vazirlari kengashida ovoz berish huquqidan mahrum qilinishiga olib kelishi mumkin.
Mamlakat parlamenti – seym binosi yonida esa parlament inqirozi bilan bog‘liq norozilik namoyishlari davom etmoqda. Polshalik muxolifatchilar 16 dekabrning ikkinchi yarmidan beri seym ishiga to‘sqinlik qilishmoqda. Bunga esa seymning 2017 yildan parlament quyi palatasida jurnalistlar ishini cheklash hamda seym spikeri Marek Kuxchinskiyning deputatlardan birining yig‘ilishda ishtirok etishdan chetlatish qarori sabab bo‘lgan. Bunga qaramay, seym boshqa joyda o‘tkazilgan yig‘ilishda bir qator qonunlarni qabul qildi, biroq muxolifat bu ovoz berishlarni noqonuniy deb hisoblamoqda. Muxolifat uzluksiz ravishda seym minbarini to‘smoqda.
Mavzuga oid
21:10 / 31.05.2026
O‘zbekiston jamoasi futbol bo‘yicha mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi
08:30 / 22.05.2026
AQSh Polshaga yana 5 ming harbiy jo‘natadi - Tramp
09:03 / 11.05.2026
Orban himoya qilgan sobiq vazir AQShga qochib ketdi
09:59 / 24.04.2026