Jahon | 11:53 / 19.12.2016
5709
2 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyadagi samolyot halokati uchuvchi xatosi sabab ro‘y bergan

Foto: The Jakarta Post

Indoneziya shimolida C130 Hercules harbiy-transport samolyoti halokati uchuvchining noqulay ob-havo sharoitidagi xatosi sabab yuz bergan. Bu haqda The Jakarta Post gazetasi Papua viloyatida yuz bergan halokat sabablarini tekshirish jarayoni natijalariga asosan xabar qilmoqda. Hodisa oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan.

Vamen aeroporti rahbari Rasbuxani Umarning ta'kidlashicha, samolyot aeroportga yaqinlashgan paytda ko‘rish imkoni taxminan 2 kilometrlik masofani tashkil qilgan. Bu vaziyatda aksariyat laynerlar qo‘nishdan voz kechishgan. Respublika harbiy havo kuchlari shtabi boshlig‘i o‘rinbosari Xadiyan Sumintatmajia esa layner texnik jihatdan soz holatda bo‘lganini aytib o‘tdi.

Ma'lumki, halokatga uchragan C130 Hercules Avstraliya tomonidan 2013-2014 yillarda taqdim etilgan. Samolyot Indoneziyaga yuborilishidan avval bir yilda 600 soatdan ortiq parvoz qilmagan, ammo o‘tgan asrning 70-yillarida ishlab chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu halokat 2015 yildan beri Indoneziya harbiy-transport aviatsiyasi bilan bog‘liq yettinchi hodisadir. Ularda hammasi bo‘lib 160 dan ziyod kishi qurbon bo‘lgan.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid