Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iordaniyada 4 jangari yo‘q qilindi
Iordaniya mahalliy xavfsizlik kuchlari politsiya postlari va xavfsizlik kuchlari markaziga qurollangan hujumni sodir etgan 4 jangari o‘rta asrlarga tegishli qadimiy qal'aga yashirinib olgandan keyin ularni yo‘q qildilar, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, qal'ada 4 nafardan 6 nafargacha qurollangan jangari yashiringan bo‘lishi mumkin.
Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda maxsus operatsiya yakunlangan. Xavfsizlik kuchlari ma'lumotlariga ko‘ra, jangarilar yashirin joyida xudkush kamarlari, qurol-aslaha va yirik miqdorda portlovchi modda aniqlangan.
Avvalroq Iordaniyada jangarilar qadimiy qal'ada odamlarni garovga olgani ma'lum qilingandi. Barcha garovga olinganlar maxsus operatsiya davomida ozod qilinganlar. Jangarilar hujumi oqibatida 10 kishi, jumladan bir nafar kanadalik sayyoh ayol halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:53 / 10.03.2026
Eron Iordaniyadagi bundesver dala lageriga yana hujum qildi
20:56 / 06.03.2026
Eron AQSh bazalaridagi HHM tizimlari radarlariga zarba berishga urg‘u qaratmoqda
12:21 / 05.03.2026
O‘zbekiston prezidentining Iordaniyaga tashrifi kutilmoqda
10:51 / 02.03.2026