Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada impichmentdagi prezident dugonasi ustidan sud boshlandi
Janubiy Koreyada Tsoy Sun Sil ishi bo‘yicha sud majlisi o‘z ishini boshladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi. Uning atrofidagi korrupsiya mojarosi mamlakat prezidenti Pak Kin Xega impichment qo‘llanilishi bilan yakunlangan edi.
Mahkamaning ilk majlisi Janubiy Koreya televideniyesida bevosita efirga uzatilgan. YTN telekanali bu jarayonni "tarixiy" deb atagan.
Garchi Tsoy Sun Sil biror davlat lavozimini egallamagan bo‘lsa-da, u Pak Kin Xe bilan yaqin aloqalaridan shaxsiy boylik orttirish kabi g‘arazli maqsadlarda foydalanib, o‘zining oliy darajadagi aloqalari tufayli yirik kompaniyalardan katta miqdorda millionlab dollar mablag‘ni ta'magirlik yo‘li bilan o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda.
Janubiy Koreya parlamenti uning bu harakatlariga imkon bergani uchun 9 dekabrda prezident Pak Kin Xega impichment e'lon qildi, shu bilan bosh vazir Xvan Gyo An prezident vazifalarini bajaruvchi bo‘ldi. Endilikda, prezident Pak Kin Xening taqdiri xususidagi so‘nggi qarorni Konstitutsiyaviy sud qabul qilishi kerak.
Tsoy Sun Sil yoshligidan Janubiy Koreyaning sobiq diktatori Pak Chon Xining qizi Pak Kin Xe bilan dugona hisoblanadi. Ta'kidlanishicha, asli qohinlik bilan shug‘ullangan Sun Sil vazifasidan chetlatilgan prezidentga ta'sir ko‘rsatgan, uning omma oldidagi ma'ruzalarini tahrir qilgan, davlat rahbarining qaysi libosni qachon kiyishini, bundan tashqari kimni qaysi lavozimga tayinlash yoki ishdan bo‘shatish masalalarini hal qilgan.
Mavzuga oid
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026
3 kishini piyodalar yo‘lagida urib yuborib, ochiqda qolgan ayol qo‘shmachilik ustida ushlandi
13:12 / 18.05.2026