Jamiyat | 20:12 / 18.01.2017
27651
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand tumanidagi yong‘inda ikki kishi halok bo‘ldi

13 yanvarga o‘tar kechasi Samarqand viloyatining shu nomdagi tumanida yashovchi tadbirkorning uyi yong‘in oqibatida vayron bo‘ldi. Yong‘in oqibatida tadbirkor oilasining 8 a'zosi jabr ko‘rgan. 59 yoshli tadbirkorning o‘zi va rafiqasi halok bo‘ldilar, ularning uch farzandi va uch nabirasi og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilganlar.

Jabrdiydalar yaqinlarining aytishicha, yong‘inni qo‘shnilar sezib qolib, tadbirkorni uyg‘otishgan. U yong‘in ichida qolgan xonadan narsalarni olib chiqa boshlagan, biroq u uyga navbatdagi marta kirganda tepadan yonayotgan to‘sin tushib ketib, chiqish yo‘lini to‘sib qo‘ygan. Er-xotin is gazidan halok bo‘lishgan. 

Ma'lum qilinishicha, oilaning qolgan a'zolari hayotlari xavf ostida emas.

Guvohlarning aytishicha, yong‘in 20 kilovattlik stabilizatorning portlashi oqibatida yuz bergan.

Mavzuga oid