Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5 yil avval yo‘qolgan kanadalik Amazonka junglilaridan topildi
39 yoshli Anton Pilipa ismli kanadalik 2012 yilda Vankuverdagi uyidan yo‘qolib qolgandan keyin Amazonka junglilaridan sog‘-omon topilgan. U bu vaqt ichida 2 ta qit'ani kesib o‘tib, AQSh, Meksika, Gvatemala, Kosta-Rika, Panama, Kolumbiya, Venesuela, Argentina va Braziliyada bo‘lishga ulgurgan.

Erkakning oilasi ular bilan Braziliya politsiyasi bog‘lanmaguncha, uning 2016 yil dekabrigacha qayerdaligi haqida hech qanday axborotga ega bo‘lmagan. Bunga esa Antonning ayol politsiyachi bilan tanishib qolgani qisman ko‘mak bergan. Antonni o‘z qaramog‘iga olgan braziliyalik ayol politsiyachining aytishicha, Antonning yonida na puli, na hujjatlari bo‘lgan. Ayol uni shifoxonaga olib borgan, biroq Anton u yerdan qochib ketgan. Keyinroq kanadalik ushlanib, uning shaxsi o‘rnatilgan.

Braziliya hukumati Antonning oilasi bilan bog‘langan. Antonning akasi Stefanning aytishicha, u anchada vaqtdan beri shizofreniya kasalligidan aziyat chekib kelgan. Antonning miyasiga Buenos-Ayresdagi Milliy kutubxonaga borish g‘oyasi o‘rnashib qolgan.

Mavzuga oid
07:16 / 18.11.2025
Sayyoraning eng qudratli 30 daryosi: Amazonka mutlaq yetakchi
15:39 / 23.09.2024
Braziliyada daryolar qurib qoldi. Dahshatli qurg‘oqchilik sababi nimada?
15:17 / 16.10.2023
Amazonkada qurg‘oqchilik: qamalda qolgan kemalar va o‘layotgan baliqlar – foto
11:55 / 02.10.2023