Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyga kiruvchi xorijliklarning barmoq izlari olinadi
Xitoyga kirib kelayotgan xorijiy mamlakat fuqarolaridan immigratsiya nazorat punktidan o‘tish chog‘ida barmoq izlarini topshirish talab etiladi. Bu haqda 9 fevral kuni Ecns.cn portali xabar qilmoqda.
Unga ko‘ra, XXR jamoat xavfsizligi vazirligi shunday qaror qabul qilgan. Bundan avval, Davlat kengashi yangi qoidalarni tasdiqlagan.
Shunday qilib, 14 yoshdan 70 yoshgacha mamlakatga kirib kelayotgan barcha xorijiy fuqarolar daktiloskopiya (barmoq izini olish)dan o‘tishi shart. Davlat xizmatchilari, diplomatik pasport egalari hamda rasmiy delegatsiya a'zolari bundan mustasno. Shu bilan birga, ikki tomonlama kelishuvlarga binoan, ayrim hollarda istisnoga ruxsat berilishi mumkin.
Barmoq izlarini olish bo‘yicha birinchi punkt 10 fevral kuni Shenchjen shahri aeroportida ochiladi, so‘ngra boshqa chegarani kesib o‘tish joylarida paydo bo‘ladi.
Aytish joizki, barmoq izlarini olish amaliyoti dunyoning qator mamlakatlarida allaqachon yo‘lga qo‘yilgan.
Mavzuga oid
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
21:17 / 07.06.2026