Jamiyat | 10:48 / 09.02.2017
3597
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkdagi maktablar qor bo‘roni tufayli yopiladi

Foto: Shutterstock

Nyu-Yorkdagi maktablar 9 fevralda AQShning shimoli-sharqiga yopiriladigan qor bo‘roni sababli yopiladi. Bunday qarorni shahar rahbariyati qabul qilgan. 

"Qor yog‘ishi sababli Nyu-Yorkdagi barcha maktablar payshanba kuni yopiladi", deb ma'lum qilgan shahar meri Bill De Blazio.

Meteorologik xizmatlar Nyu-York, Filadelfiya, Pittsburg, Boston va AQSh Sharqiy sohilidagi boshqa shaharlarga 9 fevralga o‘tar kechasi qor bo‘roni yaqinlashishini ma'lum qilgan. Taxmin qilinishicha, qor kun bo‘yi yog‘adi. weather.com portali ma'lumotlariga ko‘ra, 30 sm gacha qor yog‘ishi mumkin. 

Nyu-Yorkning favqulodda vaziyatlar departamenti qor bo‘roni payshanbaning soat 18.00gacha (Toshkent vaqti bilan 10 fevral soat 04.00) davom etishidan ogohlantirgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid