Jamiyat | 21:39 / 10.02.2017
16501
2 daqiqa o‘qiladi

11 fevralda Oy yarmiga tutiladi

10 fevraldan 11 fevralga o‘tar kechasi Quyosh, Yer va Oy deyarli bir chiziqqa tizilishadi. Bu biroz noaniqlik sababli Oy Yerning faqatgina yarimsoyasiga kiradi va yarmiga tutiladi.

11 fevralda Oy Yerning yarimsoyasiga Toshkent vaqti bilan soat 3:30larda kira boshlaydi va uning gardishi sekin qorong‘ilashib boradi. Soat 5:44da Oyning maksimal qorong‘ilashishini ko‘rish mumkin. Shundan keyin Oy Yerning yarimsoyasini sekin-asta tark etadi va yorqinroq bo‘la boshlaydi.  

Agar Quyosh, Yer va Oy bir to‘g‘ri chiziqqa ideal tizilsa, Oy to‘liq tutiladi. O‘shanda u qizil-alvon rangga kirib, to‘liq oy tutilishi yuz beradi. Bu hodisani qurollanmagan ko‘z bilan ham bemalol ko‘rish mumkin. Afsuski, bugungi kecha va umuman joriy yilda bu hodisa yuz bermaydi. Biroq 2018 yilda Yer aholisini ikkita to‘liq oy tutilishi kutmoqda.

Joriy oy tutilishi sxemasini Time And Date resursida ko‘rish mumkin, bu yerda o‘z shahringizni tanlashingiz mumkin. 

Ta'kidlanishicha, yuqoridagi hodisani kuzatishga arzimas bulutlilik ham xalaqit qiladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid