Jamiyat | 14:29 / 11.02.2017
7954
1 daqiqa o‘qiladi

“Oskar” taqdirlash marosimida chiqish qiladigan qo‘shiqchilar nomi ma'lum bo‘ldi

Foto: AFP

Amerika kinoijodkorlar akademiyasi “Oskar” marosimida mukofotga qo‘yilgan musiqa asarlari bilan chiqish qiluvchi musiqachilar nomini ma'lum qildi.

Marosim davomida Can`t Stop the Feeling qo‘shig‘i bilan Jastin Timberleyk, The Empty Chair asari bilan esa Sting chiqish qiladi.

Lin Manuel Miranda esa Auliya Kravalxo bilan birgalikda “Moana” multfilmiga yozilgan How Far I'll Go qo‘shig‘ini ijro etadi. Jon Lejyend esa “Oskar”ga 14 yo‘nalish bo‘yicha da'vogarlik qilayotgan “La-La Lend” myuzikl-filmidan bo‘lgan ikkita qo‘shiqni ijro etadi.

Ma'lumot uchun, “Oskar” mukofotlarini topshirish marosimi Hollivudda 26-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Amerika kinematografiya san'atlari mukofoti 24 yo‘nalishda topshiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid