Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston «Ekspo-2017» Ostona ko‘rgazmasida ishtirok etadi
O‘zbekiston Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan «Ekspo-2017» xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmada ishtirok etadi. Bu haqda «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar kompaniyasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, 13 fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekistonning «Ekspo-2017»da ishtirok etishiga doir rasmiy shartnoma imzolanadi.
Eslatib o‘tamiz, «Ekspo-2017» shu yilning 10 iyunidan 10 sentabriga qadar Ostonada bo‘lib o‘tadi. Unda 100dan ortiq mamlakat qatnashish istagini bildirgan. Ko‘rgazmaga 2-3 mln kishi tashrif buyurishi kutilmoqda.