Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyada o‘zini qirg‘oqqa otgan qora delfinlar portlay boshladi
Yangi Zelandiyada o‘zini qirg‘oqqa otgan qora delfinlar portlay boshlashi mumkin, deb ogohlantirdi Yangi Zelandiya tabiatni asrash departamenti. Bunday xavf haqida mahalliy Stuff portali yozmoqda.
Sohilbo‘yiga chiqish 700dan ziyod jonivorning portlab ketish xavfi borligi tufayli taqiqlandi. Ular tananing chirishi jarayonida to‘plangan gazlar tufayli ro‘y berishi mumkin. «Ular oshqozondagi bakteriyalarning harakati tufayli shishib ketmoqda, jonivorlarning ichaklari esa yanada toraymoqda, shuning uchun ular portlashmoqda», - dedi tabiatni muhofaza qilish departamenti vakili Endryu Lamason. Mutaxassislar ertalabdan boshlab maxsus katta ignalar yordamida ulardan gazlarni tortib olish bilan band. Ba'zida portlashlar kuzatilmoqda, biroq ular jiddiy zarar keltirgani yo‘q.

Hukumat shuningdek o‘lik delfinlarni maxsus g‘ovlar bilan to‘sib qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu ularning dengizga hamda yaqin oradagi sohilbo‘ylariga oqib ketmasligi maqsadida qilinadi. Jonivorlarning jasadlari xavfsizlantirilgach, ular bilan nima qilishlari hali noma'lum. Ko‘p ehtimol bilan jonivorlarni kishilardan xoli hududga olib borib, ko‘mib tashlashadi.



Mavzuga oid
14:57 / 04.12.2025
Yangi zelandiyalik shaxs g‘ayrioddiy o‘g‘irlikda ayblanmoqda: u qimmatbaho taqinchoqni yutib yuborgan
18:13 / 11.10.2025
Yangi Zelandiya fuqarosi dunyodagi eng uzun ism sohibi sifatida rekord o‘rnatdi
23:46 / 22.09.2025
Yangi Zelandiya aholisi bir kechada «695 milliardga» yetdi
20:17 / 11.08.2025