Jamiyat | 15:24 / 13.02.2017
46969
2 daqiqa o‘qiladi

Bangladeshlik 8 yoshli bola kamyob kasallik tufayli toshga aylanib bormoqda

Bangladeshda istiqomat qiluvchi 8 yoshli Mehendi Hasan doimiy ravishda uyda o‘tiradi. Bunga uning kamyob kasallik bilan og‘rishi sababdir – u bolani toshga aylantirib qo‘ydi. Bola nimaga qo‘l tekkizsa, bu unga juda kuchli og‘riq beradi. 

Hasanning yuzi odatiy ko‘rinishga ega bo‘lsa-da, tanasining boshqa barcha qismi qatqaloqqa ega, bu bolaning harakat qilishi va qo‘llariga turli buyumlar olishiga halal beradi.

Bolaning onasi hukumat va barcha mahalliy kasalxonalarga tashxis qo‘yish hamda bu kasallikni davolash bo‘yicha murojaat qilgan. Hasan 12 kunlik bo‘lganida, ota-onasi uning terisida kichik toshmani aniqlashdi, biroq bunga e'tibor qaratishmagan. Bu holat butun tanaga tarqab ketgach, ota-ona o‘z farzandini shifokorlar ko‘rigi bo‘ylab olib yura boshladi. "Shifokorlardan hech biri bu kasallik nima ekanini bila olmadi. Ular bu kamyob xastalik ekani hamda uni davolab bo‘lmasligini aytishdi", - deydi Hasanning otasi Abul Qalam Ozod.

Hasan qishloqlardan birida davolash muolajalari va yaxshi sharoitlarsiz yashamoqda. Mahalliy aholi vakillari hattoki unga qarashni ham istamaydi. U terisiga zarar yetkazmaydigan kiyim kiyib, kun bo‘yi uyda o‘tirishga majbur.

"Men uni davolash uchun barcha imkoniyatni ishga solaman. Uning azob chekayotganini ko‘rish juda ham og‘riqli", - deydi Hasanning onasi Jahonara Begim.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid