Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada yonilg‘i terminalidagi portlash to‘rt kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Meksikaning Guanaxuato shtati Salamanka shahrida Pemex neft kompaniyasining yonilg‘i saqlash va tarqatish terminalida ro‘y bergan portlash oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi.
Portlash chorshanba kuni ro‘y berdi. O‘shanda Pemex sakkiz ishchi jarohat olgani haqida xabar bergandi.
"Afsuski, kecha (chorshanba) halok bo‘lgan xodimdan tashqari, Pemex’ning yana bir ishchisi va xususiy kompaniyaning ikki xodimi bugun (payshanba kuni) vafot etdi", - deyiladi Pemex’ning Twitter’dagi xabarida.
Jarohat olgan yana to‘rt kishi kasalxonada qolmoqda.
Korxonada mutaxassislar ish olib bormoqda, portlash sabablari aniqlashtirilmoqda.
Mavzuga oid
08:49 / 04.06.2026
Toshkentda 40 ta zamonaviy AYoQSh qurish rejalashtirilmoqda
09:37 / 27.05.2026
Rossiya yonilg‘i eksportiga yangi cheklovlar joriy etishi mumkin
08:48 / 23.05.2026
YeI Meksikaga 5 mlrd yevro investitsiya kiritadi
10:45 / 12.05.2026