Jahon | 10:39 / 19.03.2017
4487
2 daqiqa o‘qiladi

Hondurasning sobiq prezidenti narkotrafikka aloqadorlikda gumon qilinmoqda

Foto: Reuters

AQShning Nyu-York shahri prokuraturasi Hondurasning sobiq prezidenti Porfirio Loboni narkotrafikka aloqadorlikda gumon qilmoqda.

Frans Press axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, giyohvandfurushlardan birining ko‘rsatmalari Lobo himoya qilgani uchun pora olib yurgan narkokartellar ishi bo‘yicha vositachi qilib o‘g‘li Fabioni tayinlagani haqida taxmin qilishga asos bermoqda. 

Honduras prokuraturasi AQSh tomondan bildirilgan ayblovlarni o‘rganayotganini ma'lum qilgan. Shu bilan birga hozircha AQSh tomondan sobiq prezidentning topshirilishi bo‘yicha murojaat kelib tushgani haqida ma'lumot yo‘q.

Loboning o‘g‘li 2015 yil Gaitida mahalliy maxsus xizmatlar tomondan AQSh ko‘magida qo‘lga olingan va so‘ngra Nyu-Yorkka yetkazilgan. U bu yerda AQShda giyohvand moddalar tarqatish ayblovi bo‘yicha sudlangan. Keyinroq u aybini tan olgan. 

OAVning ma'lum qilishicha, Fabio Pakana laqabli meksikalik narkobaron Xoakin Gusman Loera bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin. Univision nashri ma'lumotlariga ko‘ra, aynan Fabio Lobo Kolumbiyadan Gondurasga kokain yetkazib berishda vositachi bo‘lgan. Giyohvand moddalar so‘ngra Hondarusdan Meksikaga, u yerdan AQShga yetkazilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid