Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Yaponiyada yotoqli poyezdlar ommalashib bormoqda
Yaponiyada Tokioni Takamatsu va Idzumo shaharlari bilan bog‘lovchi «Sunrise» ekspress poyezdlari mashhurdir. Ularning boshqa poyezdlardan farqli jihati – dzaseki deb nomlangan vagonlari haqida Yaponiyaning Rossiyadagi elchixonasi Facebook sahifasida batafsil hikoya qilgan.
Dzasekilarga gilam to‘shalgan bo‘lib, uncha baland bo‘lmagan to‘siqlar bilan bir kishilik xonalarga bo‘lingan. Ularda nafaqat o‘tirish, balki oyoqni bemalol cho‘zib dam olish ham mumkin.
Only In Japan blogi muallifi Jon Doubning so‘zlariga ko‘ra, bu vagonlar bir vaqtning o‘zida Osiyoning kapsulali mehmonxonalarini va Yevropaning o‘ziga xos suyanchig‘i yo‘q divanlariga o‘xshab ketdi.
Zarur bo‘lib qolganda yo‘lovchi pullik dush xonasidan foydalanishi ham mumkin.
Dzaseki yo‘lovchilar orasida ancha mashhurligiga sabab shundaki, uning uchun qo‘shimcha haq olinmaydi. Shu bois, bu vagonlarga chipta olish ham oson emas.






Mavzuga oid
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
22:52 / 22.05.2026