Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina AQShdan Kiyevga asosiy ittifoqchi maqomi berishni so‘radi
Ukraina Oliy radasi AQSh Kongressiga murojaat qilib, Kiyevga NATO tashkilotidan tashqaridagi asosiy ittifoqchisi maqomini berish masalasini ko‘rib chiqish hamda mudofaa kelishuvini tuzishni so‘radi. Mazkur murojaatni ikkinchi urinishdan so‘ng, 232 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan.
Hujjatda ta'kidlanishicha, AQShning NATOdan tashqari asosiy ittifoqchilari maqomiga Avstraliya, Yangi Zelandiya va Yaponiya kabi "tinchlik holati"dagi mamlakatlar, shuningdek, Janubiy Koreya, Afg‘oniston va Isroil kabi "harbiy harakatlar tahdidi ostidagi" mamlakatlar ega.
Bunda, Ukrainaning Shimoliy Atlantika blokiga kirishidan farqli o‘laroq, Kiyevga bu maqomni berish AQShning suveren huquqi hisoblanib, NATOga a'zo barcha mamlakatlar roziligini olish talab etilmaydi.
Hujjatda ta'kidlanishicha, Ukrainaga bunday maqomning berilishi "Rossiya agressiya"sining tugashiga katta ta'sir ko‘rsatadi.
Bundan avval, Pyotr Poroshenko Ukrainaning NATOga kirishi bo‘yicha referendum o‘tkazish rejasini bildirgan edi. Uning aytishicha, bu g‘oyani respublika aholisining yarmidan ortig‘i qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Biroq, Amerikaning Gallup instituti o‘tkazgan ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, Ukraina aholisining 35 foizi NATOni tahdid deb biladi, so‘ralganlarning uchdan biri tashkilotni himoya sifatida baholamoqda.
Mavzuga oid
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12 / 09.06.2026
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
13:13 / 09.06.2026