Jahon | 20:23 / 29.03.2017
14844
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Livan prezidenti ADL sammiti vaqtida yiqildi

Livan prezidenti, bu yil 82 yoshga to‘lgan Mishel Aun Arab davlatlari ligasi sammiti doirasida suratga tushish marosimi vaqtida yiqilib tushdi. Bu holat videosi "Al-Arabiya" telekanalida namoyish etilgan.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya kadrida ko‘rish mumkinki, siyosatchilar esdalik uchun suratga tushishga tayyorgarlik ko‘rayotgan mahalda Livan prezidenti birdaniga yuztuban yiqilgan. Shundan so‘ng rejissyor darhol planni o‘zgartirgan. 1 daqiqa o‘tib, prezident o‘rnidan ko‘tarilgan mahalda translyatsiya davom ettirilgan. Bu vaqtda Mishel Aun o‘z hamkasblari davrasida jilmayib turishini ko‘rish mumkin.

Bu voqeadan 2 soat o‘tib siyosatchi Livan nomidan chiqish qilgan.

Arab davlatlari ligasining 28-sammiti Iordaniyada 18 davlat vakillari ishtirokida o‘tkazilmoqda. Sammit avvaliga Yamanda o‘tkazilishi belgilangandi, ammo mamlakatdagi notinch vaziyat bunga yo‘l bermadi.

Liga mintaqadagi 21 davlat hamda Falastin ozodlik harakatini birlashtiradi, bosh qarorgohi - Misr poytaxti Qohira shahrida.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid