Jahon | 23:37 / 18.04.2017
10947
1 daqiqa o‘qiladi

3 may kuni Buyuk Britaniya parlamenti tarqatiladi

3 mayga o‘tar kechasi, muddatidan avvalgi saylovlarga bir necha kun qolganda Buyuk Britaniya parlamenti tarqatib yuboriladi. Bu haqida jamoalar palatasi yetakchisi Devid Lidington bergan ma'lumotga asoslanib, The Guardian xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, yaqin orada parlamentariylar umumxalq saylovlar o‘tkazilishi masalasi bo‘yicha ovoz berishadi. 

Bundan avval Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey 8 iyun kuni mamlakat parlamentiga muddatidan avvalgi saylovlar bo‘lib o‘tishi haqida e'lon qilgan edi. Bu  Yevroittifoq bilan Brexit'ga doir muzokaralarda muxolifat partiyalar tomonidan mamlakat pozitsiyasining  zaiflashuv xavfi bilan bog‘liq. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid