Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada butunboshli qishloq sotib olindi
Angliyaning Nort-Yorkshir grafligidagi Uest Heslerton qishlog‘i 150 yil davomida bir oilaga tegishli bo‘lgan hamda 2016 yilda, uning so‘nggi egasi o‘limidan besh yil o‘tib sotuvga qo‘yildi. Iv Douney qishloqni 1964 yilda meros sifatida olgan, biroq 80-yillar oxirlarida boshqa joyga ko‘chib ketgan va bu yerga boshqa qaytib kelmagan.
Qishloq bitta qo‘rg‘oncha, 43 ta uy, pab, o‘rmon va qishloq xo‘jalik ekinlari maydonidan iborat. Uni Norfolkning Albanwise kompaniyasi sotib oldi, kelishuv qiymati esa oshkor etilmayapti.
Qishloqda taxminan 370 kishi istiqomat qiladi, hamda ko‘chmas mulk savdosi bo‘yicha agentlarning fikriga ko‘ra, u bir yilda 388 ming funt mablag‘ keltiradi.


Mavzuga oid
21:19 / 16.05.2026
Abduqodir Husanov «Manchester Siti» bilan yana bir sovrinni qo‘lga kiritdi
18:00 / 19.01.2026
To‘rt faslda ham sayyohlar uzilmaydigan qishloq: Ertoshsoyda bir kun
21:56 / 14.01.2026
Maykl Kerrik «Manchester Yunayted»ni mavsum oxirigacha boshqaradi
11:07 / 16.12.2025