Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kun mojarosi. «Malaga» prezidenti «Barselona»ni haqoratladi
«Malaga» jamoasi xo‘jayini Abdulla bin Nosir As-Soniy o‘z tvitterida «Barselona» klubi va uning muxlislariga nisbatan keskin fikrlar bildirib o‘tdi.
«Barselona» muxlislaridan biri As-Soniyga tvitter orqali murojaat qilib, Primeraning so‘nggi turida «Real»ni mag‘lub etishni iltimos qilgan va bu bilan jamoasi chempion bo‘lishiga umid bildirgan.
As-Soniy esa unga keskin ohangda javob qaytargan.
«Ha, biz Allohning madadi bilan «Real»ni yengishimiz mumkin. Biroq, Michel haqidagi yolg‘on gaplaridan so‘ng, Kataloniya tashlandiqlari chempionlik ta'mini totmagay», deb yozgan u.
Bundan oldinroq «Real»ning sobiq futbolchisi, ayni paytda «Malaga» klubini boshqarayotgan Migel Michel «Real»ga chempionlik tilashini, ammo unga qarshi o‘yinda g‘alaba uchun maydonga tushishini aytgandi.
Kataloniyaliklar esa «Malaga» «Real»ga qarshilik ko‘rsatmasligini aytishmoqda.
Jamoa bosh murabbiy Luis Enrike ham kinoya bilan fikr bildirib o‘tdi.
«Malaga»ning g‘alabasiga umid qilishimiz mumkinmi? Agar buvimning g‘ildiraklari bo‘lganida, u velosipedga aylanib qolardi», degan murabbiy.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026