Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Xitoyning umumiy maqsadlari ma'lum qilindi
AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Xitoy AQShning Koreya yarimorolini yadroviy qurolsizlantirish borasidagi maqsadiga qo‘shilishini aytdi.
"Biz Shimoliy Koreyada tuzum o‘zgartirilishiga erishmoqchi emasmiz. Biz uning inqirozini istamayapmiz. Biz Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya birlashishini tezlashtirish uchun bahona izlamayapmiz. Biz Xitoy erishmoqchi bo‘lgan narsa – Koreya yarimorolining to‘liq yadroviy qurolsizlantirilishini istaymiz", deb aytdi Tillerson Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
AQSh Xitoyni Shimoliy Koreya yadroviy muammosini hal qilishdagi muhim davlat deb hisoblaydi.