Jamiyat | 15:35 / 12.05.2017
18181
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada “odam savdosi” bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ushlandi

Foto: rentv

Rossiyaning Samara viloyatida O‘zbekiston tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan fuqaro qo‘lga olindi. Ayni vaqtda, u O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinish masalasi hal etilishini kutmoqda. 

Samara viloyatining Chapayev shahridagi «Texprom Povoljya» MChJda shahar prokuraturasi Rossiya IIV hamda FXX hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘tkazgan qo‘shma tadbir natijasida O‘zbekistonning 45 yoshli fuqarosi qo‘lga olingan. U halqaro qidiruvga berilgan bo‘lgan, deb xabar qilmoqda huquqni himoya qilish idorasi. 

Muhojir O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining «Ikki yoki undan ko‘p odamlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasidan olib o‘tish, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qo‘yish bilan birga sotish» moddasi bo‘yicha ayblanmoqda.

Chapayev shahar sudi qaroriga ko‘ra, hibsga olingan shaxs O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilish qarori qabul qilinguncha qamoqda saqlanadi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid