Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda tadbirkor ayollarga huquqiy ko‘mak berish masalasi muhokama qilindi
2017 yil 11 may kuni Toshkent shahrida “O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchi tadbirkor ayollarga tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishdagi huquqiy ko‘mak” mavzusida anjuman o‘tkazildi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqcad O‘zbekistondagi ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning eksport faoliyatiga huquqiy yordam berishning me'yoriy-huquqiy, metodologik va amaliy jihatlarini tahlil qilish bo‘ldi.
Anjuman “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi va Fridrix Ebert nomidagi jamg‘armaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etildi. Unda “Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasining mintaqaviy bo‘linmalari a'zolari, eksport bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar, mahalliy va xalqaro ekspertlar, OAV vakillari qatnashdilar.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi kabi davlat organlari mas'ul xodimlarining yurtimizda tadbirkorlik sub'yektlariga, xususan, eksport operatsiyalarini amalga oshirish yo‘nalishida yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar, preferensiyalar yoritilgan ma'ruzalari tinglandi.
Eksport bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ham tadbirda so‘zga chiqib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport faoliyatini rivojlantirish oldida turgan amaliy muammolar va ularning yechimlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Bildirilgan takliflar davlat idoralari vakillari tomonidan qiziqish bilan qabul qilindi.
Anjumanda so‘zga chiqqan Fridrix Ebert nomli jamg‘armaning O‘zbekiston va Qozog‘istondagi mintaqaviy direktori Xenriyette Kifer bu boradagi xorijiy tajriba bilan o‘rtoqlashdi.
Konferentsiya qatnashchilari respublikada eksport parametrlarini bajarilishini ta'minlash, eksport geografiyasini kengaytirish, eksport qilinadigan mahsulotlar hajmlari va turlarini ko‘paytirish asosida mamlakatning eksport salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan boxabar bo‘ldilar. Shuningdek, tadbirda “Eksport operatsiyalarida valyuta aylanmasi” va “O‘zbekistonda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini kengaytirishda moliyaviy va konsultativ qo‘llab-quvvatlashning o‘rni” mavzulari yuzasidan ham bahs-munozaralar o‘tkazildi.
Anjuman yakunida ishtirokchilar unda ko‘tarilgan mavzular yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqdilar va qabul qildilar.
Mavzuga oid
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:10 / 07.06.2026