Jamiyat | 00:43 / 13.05.2017
8385
1 daqiqa o‘qiladi

Latviyalik parashyutchi dunyoda birinchi bo‘lib drondan sakradi

Latviyalik parashyutchi Ingus Augstkalns dunyoda birinchi bo‘lib drondan sakrashni amalga oshirdi, deb xabar bermoqda Delfi nashri. Ushbu tryuk 12 may kuni Latviyaning Amata o‘lkasida amalga oshirildi. 

Dastlab Augstkalns havoga ko‘tarilgan drondan osilib turgan trosga ilashib olish uchun 120 metrli telekommunikatsiya ustuniga ko‘tarildi. So‘ngra kvadrokopter parashyutchi bilan birga 330 metrga ko‘tarilgan va parashyutchi sakrashni amalga oshirgan.

Dron Aerones kompaniyasi tomondan ishlab chiqarilgan bo‘lib, 28 ta dvigatel bilan jihozlangan. Dron buning evaziga 200 kg gacha yukni ko‘tara oladi. Bunday dronlarni qutqaruv ishlarida, yong‘inlarni o‘chishirda hamda sport va ko‘ngilochar sohalarda qo‘llash mumkin. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid