Jamiyat | 09:34 / 24.06.2017
10924
2 daqiqa o‘qiladi

Jonni Depp Tramp haqidagi noo‘rin hazili uchun uzr so‘radi

Foto: AP

Aktyor Jonni Depp prezidentning o‘ldirilishi haqidagi hazili uchun uzr so‘radi, deb xabar bermoqda People jurnali.

Depp nashr uchun bergan bayonotida hazilini “odobsizlik” deya baholadi. “Hammasi men rejalashtirgandek bo‘lmadi, men yomon niyatni nazarda tutmagandim”, - dedi u.

Avvalroq aktyor Donald Trampning Buyuk Britaniyaga tashrifi respublikachi hayotining so‘nggi lahzalari bo‘lishi mumkinligini aytib hazillashgandi. U Glanstonberidagi musiqiy festivalda so‘zlagan nutqida shunday fikrni bildirgan. "Qachon oxirgi marta aktyor prezident hayotiga suiqasd qilgandi?" - deya savol bilan yuzlangan Depp yig‘ilganlarga.

Keyinchalik esa Trampning o‘zi Jonni Deppning hazilidan xafa bo‘lganini aytib, zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishini qoralashini ta'kidladi.

Jonni Depp: "Qachon oxirgi marta aktyor prezident joniga suiqasd qilgandi?"

Donald Tramp Jonni Deppning hazilidan xafa bo‘ldi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid