Jahon | 15:10 / 07.07.2017
20266
1 daqiqa o‘qiladi

Amerika razvedkasi 150 nafar rus josusini aniqladi

Amerika razvedkasi 2016 yilgi prezidentlik saylovlaridan keyin mamlakatda rossiyalik josuslar soni oshgan, deb hisoblaydi. Bu haqida 6 iyul kuni CNN telekanali xabar berdi

Telekanal manbalari Qo‘shma Shtatlari hududida Rossiyadan kelgan 150 josus aniqlangani haqida ma'lumotga ega. Ularning ta'kidlashicha, 2016 yilning dekabrida AQShdan 35 diplomati chiqarib yuborilganidan keyin Rossiya razvedkasi o‘z kuchlari sonini ko‘paytirishga kirishgan. 

Markaziy razvedka boshqarmasining maxsus operatsiyalar bo‘yicha sobiq rahbari Stiv Xollning telekanalga bildirishicha, rossiyalik josuslarning maqsadi - "Moskva uchun tushunarsiz bo‘lgan" AQSh prezidenti Donald Tramp haqida ma'lumot to‘plash. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid