Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
VI asrga oid qo‘lyozmada Hippokrat retseptlari topildi
Sinay tog‘larida joylashgan avliyo Yekaterina monastiri kutubxonachilari topib olgan VI asrga oid qo‘lyozmada «meditsina otasi», qadimgi yunon vrachi Hippokratning retseptlariga duch kelishdi. Bu topilma haqida Misrning qadimiy osori atiqalar vaziri Xolid al-Anoniy aytib o‘tgan. Uning so‘zlarini «Ahram Online» nashri keltirmoqda.
Qo‘lyozma restavratsiya ishlarini olib borish davomida topilgan. Aniqlanishicha, tarixiy hujjatdan noma'lum muallif tomonidan yozib qoldirilgan Hippokratning tibbiy retseptlari va dorivor o‘simliklarning suratlari o‘rin olgan. Tadqiqotchilarning fikricha, u qadimiy «palmezitlar» — ikki qavat terilarga yozilgan qo‘lyozmalar turiga mansub.

Qadimiy osori-atiqalar vazirligining qibtiylarga oid arxeologik hujjatlar bo‘limi rahbari Ahmad an-Nimarning so‘zlariga ko‘ra, retseptlar matni terining birinchi qavatiga yozilgan va o‘chib ketgan yozuvlari ustidan yozilgan. Bu material o‘sha paytda juda qimmat bo‘lganligi sababli shunday qilingan.
«Palmezit»ning ikkinchi qavatida «Sinay qo‘lyozmasi» tasvirlangan, unga yana Qo‘hna Ahdning bir qismi, Yangi Ahdning esa to‘liq teksti ham mansub.
Avliyo Yekaterina monastirida olti mingdan ziyod qo‘lyozma saqlanadi. Ularning eng qadimiylari eramizning IV asriga oid. Qo‘lyozmalar arab, yunon, efiop, qibt, arman va suriya tillarida yozilgan.