Jahon | 12:39 / 10.07.2017
10626
1 daqiqa o‘qiladi

NATO bosh kotibi Ukrainaga va'da berdi

Kiyev shahriga tashrif bilan kelgan NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Ukrainaga alyans bilan yanada qalin hamkorlik haqida va'da berdi. Shuningdek, u ushbu davlat qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash haqida ham gapirgan.

«NATO Ukrainaning suvereniteti, hududiy yaxlitligi, demokratik institutlari va qurolli kuchlarini faol qo‘llab-quvvatladi. NATO bundan keyin ham Ukraina bilan mudofaa, boshqaruv va iqtisodiy islohotlar masalalarida qalin hamkorlik qiladi. Bular ushbu davlatdagi barqarorlik, farovonlik va rivoj uchun juda muhim», - deya ma'lum qildi Stoltenberg «112 Ukraina» telekanali efirida.

Avvalroq NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg va Shimoliy Atlantika alyansi kengashi a'zolari Kiyev shahriga kelishgani haqida xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid