Jahon | 11:35 / 11.07.2017
41378
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada zilzila ro‘y berdi

Foto: AP

Yaponiya janubi-g‘arbidagi Kagosima prefekturasida 5,2 ballik yerosti silkinishi ro‘y berdi. Bu haqda mamlakat Bosh meteorologiya boshqarmasi xabar qildi. 

Zilzila markazi Kagosima bo‘g‘ozida 10 km chuqurllikda bo‘lgan. Kagosima prefekturasining o‘zida zilzila kuchi Yaponiyaning 7 ballik shkalasi bo‘yicha 5 balni tashkil etgan. 

Tsunami tahdidi e'lon qilinmagan. Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida axborotlar yo‘q. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid