Jamiyat | 17:35 / 11.07.2017
8106
1 daqiqa o‘qiladi

Politsiya kechki ovqat uchun 600 yevro to‘lamagan xo‘randalarni ushladi

Ispaniya shimolidagi Navarra viloyati huquq-tartibot idoralari xodimlari restoranda tamaddi qilgach, hisobni to‘lamasdan juftakni rostlamoqchi bo‘lgan 14 nafar xo‘randani ushladi. Bu haqda mintaqaviy politsiya boshqarmasining Twitter sahifasida ma'lum qilingan

Ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa Pamplona shahrida 8 iyulga o‘tar kechasi yuz bergan. Italiyaliklar tanovul qilgan kechki ovqat qiymati 600 yevrodan oshgan. 

Sayyohlar umumiy hisobda 16 xil taom, 15 ta alkogolli ichimlik va bitta qahva  buyurtma qilishgan. Ular ushlanganlaridan keyin taom pullarini to‘lab, choychaqa ham qoldirishgan. Italiyaliklar qilmishlari uchun qandaydir jazoga tortilganmi-yo‘qmi, xabar qilinmagan. 

Hozirda, Pamplonda an'anaviy San-Fermin bayrami bo‘lib o‘tmoqda. U 6-14 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda shahar ko‘chalari bo‘ylab qochayotgan odamlarni buqalar quvadi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid