Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lisenziya bitimi tuzish to‘xtatiladi
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Qonunga tuzatishlar loyihasi ishlab chiqildi. U Savdo-sanoat palatasining forumida joylashtirilgan, deb xabar bermoqda Norma.uz.
Bugungi kunda litsenziya berishda uning egasi (lisenziat) bilan litsenziya bitimi tuziladi. Bu litsenziya olish va undan foydalanish borasida u va litsenziyalovchi organ o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi shartnomadir. U yozma ravishda ikki nusxada: taraflarning har biriga bittadan rasmiylashtiriladi. Qonun loyihasi bilan bu tartib-taomilni bekor qilish taklif qilinmoqda.
Lisenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin uni olish uchun talabgorning litsenziya talablari va shartlariga roziligini olish talab qilinadi. Rozilik olinmagan taqdirda litsenziya berish to‘g‘risidagi qaror bekor qilinadi.
“Yagona darcha” yagona markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatiga kiritilgan litsenziyalar YaIDXP orqali elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi. Lisenziyani to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish to‘g‘risida ham elektron xabarnoma yuboriladi.
Loyiha o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
08:40 / 18.04.2025
Tramp Ukraina bilan yerosti boyliklari bo‘yicha bitim imzolanishini e’lon qildi
12:27 / 17.01.2025
Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari bozorida bitimlarni amalga oshirish tartibi tasdiqlandi
13:22 / 16.01.2025
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida transport qatnovi to‘g‘risidagi bitimlar tasdiqlandi
14:47 / 11.06.2024