Sport | 07:05 / 16.07.2017
7949
3 daqiqa o‘qiladi

RFPL. TsSKAdan ishonchli g‘alaba, "Rostov" safarda durang qayd etdi

Rossiya chempionatining 2017/18 yilgi mavsumiga start berildi. 

Birinchi uchrashuvda "Ural" o‘z uyida "Rostov"ni qabul qildi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi kichik durang bilan yakunlandi. 

41-daqiqada mezbonlar tarkibida Dimitrov penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, 60-daqiqada Gatskan yakuniy hisobni o‘rnatdi. 

Turning yana bir o‘yinida "Tosno" uyiga safar qilgan "Ufa" 65-daqiqada Sisuyevning yagona goli evaziga g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 

Birinchi kundagi so‘nggi o‘yinda "Anji" o‘z uyida TsSKAni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv mehmonlarning 1:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Mehmonlar tarkibida Vasin, Golovin hamda Natxo 1tadan gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa, mezbonlarning yagona goli Markelov tomonidan kiritildi. 

Ural – Rostov 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 41, penalti Dimitrov, 1:1 – 60 Gatskan.
Ural – Godzyur, Kulakov, Dinga, Balajits, Dantsev (Merkulov, 76), Yemelyanov, Bavin, Dimitrov, Bikfalvi, Lungu, Stavpets (Yusupov, 87).
Rostov – Abayev, Mevlya, Ingason (Boben, 45), Vilyush, Ustinov, Yusupov, Gatskan, Bayramyan, Kalachev, Buxarov (Dyadyun, 15), Zuyev (Dumbiya, 73).
Ogohlantirishlar: Ustinov (50), Yusupov (73).

Tosno – Ufa 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 65 Sisuyev.
Tosno – Yurchenko, Kutin (Abazov, 54), Shaxov, Dugalich, Chernov, Galiulin, Karnitskiy, Kashchelan (Muxametshin, 86), Melkadze, Zabolotnyy, Markov (Nunu Rosha, 65).
Ufa – Belenov, Tumasyan, Tabidze, Alikin, Suxov, Zaseyev (Zubarev, 75), Paurevich, Oblyakov (Sisuyev, 64), Jivoglyadov, Fatai (Bezdenejnyx, 90), Igboun.
Ogohlantirishlar: Alikin (79), Dugalich (81), Jivoglyadov (83).

Anji – TsSKA 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 21 Vasin, 0:2 – 49 Golovin, 1:2 – 64 Markelov, 1:3 – 79, penalti Natxo.
Anji – Solosin, Musalov, Bryzgalov, Fibel, Poluyaxtov, Karasev, Afonin, Guliyev (Danchenko, 46), Lipartiya (Mamtov, 55), Yakovlev (Katsayev, 69), Markelov.
TsSKA – Akinfeyev, Berezutskiy, Vasin, Berezutskiy, Fernandes, Vernblum, Natxo (Kuchayev, 83), SHCHennikov, Dzagoyev (Chalov, 64), Vitino (Jamaletdinov, 89), Golovin.
Ogohlantirishlar: Yakovlev (41), Poluyaxtov (74), Danchenko (90), Golovin (90).

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid